AQSh bosh murabbiyi vaqtinchalik muddatga lavozimini tark etdi

  • 5 yanvar, 2023, 13:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh terma jamoasi Gregg Berxalter o‘rniga vaqtinchalik murabbiy tayinladi.

Tecno

Berxalterning eski ishi ko‘rib chiqiladi. Avvalroq 2022 yilgi Jahon chempionati paytida kimdir anonim tarzda AQSh Futbol Federatsiyasi bilan bog‘langani va Greggning 1991 yilda bo‘lajak rafiqasiga nisbatan zo‘ravonlik ishi haqida ma’lumotga ega ekanligini aytgandi. Federatsiya hodisani tekshirish uchun advokatlik firmasini yolladi.

Natijada Greggning yordamchisi Entoni Xadson terma jamoani endi bo‘lajak o‘yinlarga tayyorlaydi. 41 yoshli mutaxassis AQSh U-20 terma jamoasida bir yil ishlagan, 2021 yildan esa kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisiga aylangan.

Bungacha Xadson Bahrayn va Yangi Zelandiya terma jamoalarida ham ishlagan. 25 yanvar kuni AQSh Serbiya bilan, uch kundan keyin esa Kolumbiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!