
AQSh bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
AQSh o‘z mamlakatida bo‘lib o‘tgan "Kopa Amerika"dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Gregg Berxalter o‘z lavozimidan ozod qilindi.
50 yoshli mutaxassis 2018 yili AQShda ish boshlagan. Uning qo‘l ostida jamoa 74 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, 44 marta g‘alaba qozondi, 17 ta durangga erishib, 13 marotaba mag‘lubiyatga uchradi.
Ayni paytda rahbariyat yangi murabbiy izlash bilan band. Tez orada aqshliklarning yangi ustozi aniq bo‘ladi.
Fikrlar