APLning eng rasvo transferi aniqlandi

  • 15 oktabr, 17:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning yangi hujumchisi Benyamin Sheshko Angliya Premer-ligasiga yozda olib kelingan o‘yinchilar orasida eng yomon transfer sohibi ekani ta’kidlandi.

Tecno

The Athletic nashri APL transferlari ahamiyatini aniqlash uchun 20 nafar futbol agenti o‘rtasida maxsus so‘rov ztkao‘ji. Ularning aksariyati Benyamin Sheshkoning transferi hozircha ishonchni oqlay olmayotganini ta’kidlagan.

Manchesterliklar yozda bu o‘yinchini olish uchun Bundesliga vakili “Leyptsig” klubiga 73,6 million funt sterling miqdorida badal puli to‘lagan. Sheshko Angliya Premer-ligasining ettita uchrashuvida maydonga tushib, atigi ikkita gol urdi xolos.

22 yoshli sloveniyalik to‘purar Bundesligada mahoratini ko‘rsatganidan keyin “Manchester Yunayted”ga ikki yil davomida asosiy figuraga aylana olmagan Rasmus Xyoylunning o‘rniga olib kelingan edi.

Muvaffaqiyatsiz transferlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rin “Manchester Siti”ga taklif etilgan darvozabon Jeyms Traffordning transferi bo‘ldi. Xosep Gvardiola dastlabki uchrashuvlarda bu golkiperga ishonch bildirgan bo‘lsa-da, jamoaga Janluiji Donnarumma kelganidan keyin darvoza to‘liq italiyalik posbonga topshirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!