APLdan tushib ketgan "Fulxem"ni etakchi futbolchilar tark eta boshladi

  • 18 may, 2019, 13:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Fulxem” klubi Angliya premer-ligasidan Chempionshipga ravona bo‘lgani ortidan jamoani aksariyat etakchi futbolchilar tark eta boshladi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra yarim himoyachilar Rayan Babel va Lazar Markovichlar shartnomasi tugagani bois jamoani erkin agent sifatida tark etishgan.

Bundan tashqari, londonliklar o‘tgan mavsum boshqa jamoalardan ijaraga olgan 6 nafar futbolchini ham o‘z jamoalari qaytarib yuboradi. Bular darvozabon Serxio Riko («Sevilya»), himoyachilar Kelum Chembers («Arsenal»), Timoti Fosu-Mensa («Manchester Yunayted»), Xovard Nordtveyt («Xoffenxaym»), yarim himoyachi Andre Shyurrle («Borussiya» D) va hujumchi  Lusiano Vettolardir («Atletiko»).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!