
APLda Covid-19 bilan bog‘liq rekord ko‘rsatgich qayd etildi
Angliya premer-ligasi chempionatda ishtirok etayotgan jamoa a’zolari o‘rtasida COVID-19 ga qarshi navbatdagi test tekshiruvlarini o‘tkazdi.
Tashkilot rasmiy saytining xabar berishicha, hafta davomida jami 2 295 ta test olingan. Shulardan 40 tasi musbat natija bergan. Aytish kerakki, bu ko‘rsatgich 2020/21 yilgi mavsum boshidan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatgich hisoblanadi.
Xavfsizlik bo‘yicha rasmiy protokollarga rioya qilgan holda, koronavirus aniqlangan barcha shaxslar 10 kun o‘zini o‘zi izolyatsiya qilishlari kerak.
Ammo, bayonotdan ko‘rinib turibdiki, barcha uchrashuvlar belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Fikrlar