APL. "Vest Xem"dan g‘alaba, "Lester" esa o‘z maydonida ochko yo‘qotdi

  • 25 sentabr, 2021, 21:04
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz oldin APL 6-turidan o‘rin olgan bir nechta uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. 

Tecno

"Lester" o‘z maydonida o‘tgan bahsda "Byornli" bilan murosa yo‘lini tanladi. "Tulkilar" safida Vardi dubl qayd etdi. Mehmonlar safida Kornet raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi. Yana bir golda Vardi ularga yordamlashib yubordi.

Shuningdek, "Lids" - "Vest Xem" bahsida esa "bolg‘achilar" 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. 



"Everton" ham mazkur turda g‘alaba qozondi. O‘z maydonida "Norvich"ni qabul qilgan irischilar Taunsend va Dukurening gollari evaziga 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Bundan tashqari, "Uotford" - "Nyukasl" to‘qnashuvi ham yuqoridagi o‘yinlar bilan parallel tarzda bo‘lib o‘tdi va unda durang natija qayd etildi. Hisob 1:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!