APL. "Tottenxem" mag‘lub bo‘ldi, "Nyukasl"dan yana bir g‘alaba

  • 13 fevral, 2022, 21:04
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

APL 25-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Vulverxempton"  uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.

"Bo‘rilar" safida gollarni Ximenes (6-daqiqa) va Dendonker (18-daqiqa) kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, shu tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Nyukasl" - "Aston Villa" o‘yini ham nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

"Qarg‘alar"ning yagona goli 35-daqiqada Kiran Tripper nomiga qayd etildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!