
APL tarixidagi eng zo‘r “supersub”lar
Zahiradan maydonga tushib ko‘p gol uradiganlarni “supersub” deb atashadi. Angliya premer ligasi tarixidagi zahiradan maydogna tushib eng ko‘p gol urganlar bilan tanishamiz.
10.Darren Bent – 13 ta gol.
“Ipsvich”ning taniqli tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Bent Angliya futboli muxlislari uchun tanish. “Ipsvich”dan so‘ng “Charlton”, “Tottenxem”, “Sanderlend”, “Aston Villa”, “Fulxem” kabi jamoalar safida to‘p surdi. Barcha jamoalarida u asosiy tarkib futbolchisi edi. Lekin zahiradan maydonga tushgan paytlari ham bo‘lgan. Bunday o‘yinlar Bent hisobida 60 ta bor va bu o‘yinlarda u 13 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Darren Bent hisobida APLda 277 ta o‘yinda 106 ta gol va 17 ta assistentlik mavjud. Angliya chempionligiga erishish esa biror marta ham nasib etmadi. 2019 yilda faoliyatini yakunlagan Bentning oxirgi jamoasi “Derbi” bo‘ldi.
- Edin Jeko – 13 ta gol.
Jeko 2011 yilda Angliyaga keldi. “Man Siti” futbolchini “Volfsburg” dan sotib oldi. “Shaharliklar” bosniyalik futbolchining Angliyadagi yagona klubi bo‘lib turibdi. Futbolchi zahiradan 56 marta maydonga tushdi va 13 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Jeko APLda 130 ta o‘yinda maydonga tushgan va 50 ta gol, 24 ta assistentlikni o‘z hisobiga yodirib qo‘ygan. 2012 va 2014 yillarda bosniyalik futbolchi Angliya chempioniga aylangan. 2015 yilda esa Tumanli albionni tark etdi. Hozirda “Roma”da to‘p surayotgan futbolchi hozircha faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayapti.
- Viktor Anichebe – 14 ta gol
Viktor APLning 3 ta jamoasida – “Everton”, “Vest Bromvich” va “Sanderlend”da to‘p surgan. Anichebe asosan zahiradan maydonga tushgan. Umumiy hisobda 107 marta zahiradan maydonga tushgan va shu o‘yinlarda 14 ta gol urishga erishgan. Samaralilik kamligi uchun ham u 2018 yildan buyon erkin agent bo‘lib qolgandir. U hozir 31 yoshda va o‘ziga yangi jamoa topishga qiynalyapti.
Viktor APLda 204 ta o‘yinda maydonga tushgan. Uning hisobida 27 ta gol va 18 ta golli uzatma mavjud. Hozirgacha birorta sovrinni qo‘lga kirita olmagan.
- Piter Krauch – 16 ta gol
Krauch – APLning afsonaviy futbolchilaridan biri. “Aston Villa” safida 2001/2002 yilgi mavsumda deyut qilganidan boshlab o‘zining bo‘yi tufayli muxlislar e’tiboriga tusha boshladi. “Villa”dan keyin APLning bir qancha jamoalari, jumladan, “Sautgempton”, “Liverpul”, “Portsmut”, “Tottenxem”, “Stok Siti” kabi jamoalarda to‘p surgan. Oxirgi jamoasi esa “Byornli” edi. Krauch hisobida zahiradan maydonga tushib urilgan gollar 16 tani tashkil etadi. Buning uchun unga 157 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Umumiy hisobda APLda 467 marta maydonga tushgan va 106 ta gol va 57 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Angliya chempioni bo‘lish nasib etmagan. Professional faoliyatini 38 yoshida yakunlagan.
- Nvankvo Kanu – 17 ta gol
Nigeriyalik futbolchini Premer-liga muxlislari 2000 yillardan boshlab taniganlar. O‘sha paytlarda Kanu “Arsenal”ning yosh va umidli yulduzi edi. Ammo futbolchi o‘zining darajasini ushlab tura olmadi va keyingi faoliyatini “Vest Bromvich”, “Portsmut” kabi jamoalarda davom ettirdi. Kanu 118 marta zahiradan maydonga tushgan va 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Angliyada o‘tkazgan 13 yili davomida Nvankvo hisobida 273 ta o‘yin, 54 ta gol va 29 ta golli uzatma mavjud. 2002 va 2004 yillarda “Arsenal” safida Angliya chempionligiga erishgan. Faoliyatini 2012 yilda “Portsmut” safida tugatgan.
- Daniel Starrij – 17 ta gol
“Koventri” va “Man Siti” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Starrij APLdagi debyutini “Shaharliklar” safida o‘tkazgan. Keyin esa “Chelsi”, “Bolton”, “Vest Bromvich”, “Liverpul” kabi jamoalarda to‘p surdi. O‘zining nostabil o‘yini tufayli Deniel jamoalar safida ko‘p o‘yinlarda zahiradan maydonga tushgan. 94 ta o‘yinda zahiradan maydonga tushgan Starrij 17 ta gol urgan.
Umumiy hisobda APLdagi o‘yinlari soni 218 ta ni tashkil etadi. Bu o‘yinlarda 77 ta gol va 29 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 2010 yilda “Chelsi” safida Angliya chempionligiga erishgan. Yoz oyida Starrij “Trabzonspor” safiga o‘tdi va hozirda faoliyatin Turkiyada davom ettiryapti.
- Ole-Gunnar Sulsher – 17 ta gol
Fergyuson davridagi “Manchester Yunayted”ning afsonaviy supersabi hisoblangan Sulsher. Ole-Gunnar “MYu” safiga 1996 yilda “Melde” safidan 2 mln funt evaziga kelib qo‘shilgan. Qanday holatda bo‘lishidan qat’iy nazar Sulsher “Qizil iblislar”ni 11 yil davomida tark etmadi. Uning afsonaviy “super zahira futbolchisi” bo‘lishiga 1998/1999 yilgi mavsumdagi Chempionlar ligasi finali sabab bo‘lgan. “Bavariya” bilan bo‘lgan finalda oxirgi daqiqalarda g‘alaba golini aynan Sulsher urgan.
Sulsher hisobida 235 ta o‘yinda 92 ta gol va 36 ta golli uzatma mavjud. Zahiradan maydonga tushgan o‘yinlari soni 84 tani tashkil etadi va bu o‘yinlarda 17 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. “Manchester Yunayted” safida 6 marta Angliya chempionligiga erishgan.
- Chicharito – 19 ta gol
“Qizil iblislar”ning muxlislari e’tirofiga ko‘ra Sulsher zahiradan maydona tushib o‘yinni o‘zartirib yuboradigan qutqaruvchi. Ammo yana bir futbolchi borki, u zahiradan maydoga tushganda Sulsherdan ham ko‘ra foydaliroq bo‘lgan. Bu meksikalik Xavier ernandes. 2010 yilda “Chivas” safidan 7.5 mln evro evaziga “Manchester Yunayted” ga kelib qo‘shilgan Chicharito oldida juda qiyin vazifa turgandi. O‘sha paytlarda “MYu” safida hujumchilar bisyor edi. Raqobat kuchli. “MYu”da so‘ng Angliyada “Vest Xem” safida ham maydonga tushgan Chicharito 77 ta o‘yinni zahiradan boshlagan va shu o‘yinlarda 19 ta gol urgan.
Umumiy hisobda APLda 158 ta o‘yinda maydonga tushgan va 53 ta gol va 16 ta assistentlikni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 2011 va 2013 yillarda “MYu” bilan birga Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.
- Olive Jiru – 20 ta gol
Futbolchi 2012 yildan buyon Tumanli Albionda maydoga tushib kelmoqda. Ilk bor “Arsenal” safiga kelib qo‘shilgan Jiru besh yarim mavsum davomida “kanonirlar” sharafini himoya qildi. Keyin esa ashaddiy raqib “Chelsi” safiga o‘tib ketdi. Avvallari asosiy tarkib futbolchisi bo‘lgan bo‘lsa, hozirda asosan zahiradan maydonga tushyapti. 91 ta o‘yinni zahiradan boshlagan Jiru, o‘sha o‘yinlarda 20 ta gol urisha muvaffaq bo‘lgan.
APLda umumiy hisobda 225 ta o‘yin o‘tkazgan va 78 ta gol va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan. “Arsenal” safida ham “Chelsi” safida ham Angliya chempionligini qo‘lga kirita olmagan.
- Jermen Defo – 24 ta gol.
Jermen Defo-APLning afsonaviy futbolchilaridan biri. 2001 yilda APLdagi debyutini “Vest Xem” safida boshlagan va keyinchalik “Tottenxem”, “Portsmut”, “Sanderlend”, “Bornmut” kabi jamoalarda to‘p surgan. U 149 ta o‘yinda zahiradan maydonga tushgan va bu o‘yinlarda 24 ta gol urishga erishgan.
Defo Angliya premer ligasida 496 ta o‘yinda maydonga tushgan va 163 ta gol va 27 ta golli uzatmani hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar