APL o‘yinlarini Avstraliyada o‘tkazishni taklif qilishmoqda

  • 3 may, 2020, 11:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol agenti Gari Uilyams The Sun nashriga bergan intervyusida koronavirus tufayli to‘xtatib qo‘yilgan Angliya premer-ligasi o‘yinlarini Avstraliyaning Pert shahrida davom ettirishni taklif qildi.

Tecno

“Men APL klublari vakillari bilan gaplashdim, ularga bu taklif yoqdi. Men shuningdek Avstraliya hukumati bilan ham gaplashdim, ular ham bunga ijobiy qarashmoqda. Bu hafta ular bilan yana gaplashaman.

Bu er xavfsiz. Hukumat ko‘p cheklovlarni olib tashladi, plyajlar ochiq. So‘nggi 10 kunda bor yo‘g‘i 4 ta holat aniqlandi xolos”, - deydi agent.

Aytish lozimki, Pert shahrida 4 ta stadion bor. Ularning biri 65 ming muxlisga mo‘ljallangan.

Butun boshli Avstraliya qit’asida koronavirusdan 93 kishi vafot etgan bo‘lsa, Buyuk Britaniyada ushbu virus 28 mingdan ortiq insonni hayotdan olib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!