
APL. "Mersisayd derbisi"da "Liverpul"ning qo‘li baland keldi
Premer-liganing 23-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Everton" bahsi mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 36-daqiqada Muhammad Saloh qarshi hujumda yaratilgan vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Arnoldning pasini Kodi Gakpo golga aylantirdi. Hisob 2:0. Niderlandiyalik uchun ushbu kiritilgan to‘p "qizillar" tarikbidagi debyut goli hisoblanadi.
Shu tariqa, "Liverpul" turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Everton" esa 18-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar