APL. Mart oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

  • 12 aprel, 2024, 16:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomi e’lon qilindi.

Tecno

Unga ko‘ra, "Fulxem" hujumchisi Rodrigo Munis ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. Mart oyida 22 yoshli braziliyalik Angliya chempionatining to‘rtta o‘yinida qatnashib, uchta gol urdi. Ortda qolgan 32 turdan so‘ng London klubi 39 ochko bilan APL turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, "Fulxem" navbatdagi uchrashuvini APLning 33-turi doirasida safarda "Vest Xem"ga qarshi o‘tkazadi. Hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 18:00 da yangraydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!