
APL. "Liverpul" ishonchli tarzda g‘alaba qozondi. "Chelsi" esa o‘z maydonida "Aston Villa"ga mag‘lub bo‘ldi
APLning 6-turida "Chelsi" o‘z maydonida "Aston Villa"ni qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘yindagi yagona golni Uotkins 73-daqiqada urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Oldinroq, Gusto qizil kartochka olib, maydonni tark etgandi.
"Aristokratlar" ushbu matchdan keyin turnir jadvalida 14-o‘ringa tushib ketdi.
"Liverpul" ushbu turda "Vest Xem"ni o‘z maydonida qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Saloh 16-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Bouen taym so‘nggida imkoniyatlarni tenglashtirdi. Shundan keyin Nunes va Jotalar bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan mersisaydliklar 2-o‘ringa chiqib oldi. "Bolg‘achilar" esa 7-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar