APL klubi "Real" futbolchisi uchun katta summa taklif qilgani ma’lum bo‘ldi
"Nyukasl" bu mavsumda Angliya sharafini Chempionlar ligasida himoya qiladi. Klub tarkibni kuchaytirishga intilmoqda va yaqinda "Real"ga yarim himoyachi Orelen Tchuameni bo‘yicha katta taklif bilan chiqdi. "Qarg‘alar" 25 yoshli frantsuz uchun 100 million evro taklif qilgan, ammo bunga rad javobini eshitgan. Bu haqda Fichajes portali xabar bermoqda.
Orelen Tchuameni "Real" safida jami 148 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan. Ularda yarim himoyachi o‘z hisobiga beshta gol va sheriklariga oltita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Amaldagi shartnoma Tchuamenini "qaymoqranglilar" bilan 2028 yilning yarmigacha bog‘lab turadi.
"Real" navbatdagi o‘yinni 30 avgust, shanba kuni o‘z maydonida "Malorka"ga qarshi o‘tkazadi.



Fikrlar