
APL klubi himoyachisini “Real”ga sotmaydigan bo‘ldi
“Tottenxem” qanot himoyachisi Pedro Porro “Real”ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqida Ispaniyaning Diario AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, madridliklar ispaniyalik futbolchini qimmat narxga sotib olishmoqchi emas. “Tottenxem” esa, Porroni 70 million evrodan kamga qo‘yib yubormoqchi emas.
“Qaymoqranglilar” “Liverpul” a’zosi Trent Aleksandr-Arnoldni yozda erkin agent sifatida o‘z saflariga qo‘shib olish arafasida turishibdi.
25 yoshli Pedro Porro 2023 yilda London klubi safiga 40 million evro evaziga kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda futbolchi klub safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar