APL grandlari "Napoli" hujumchisi uchun da’vogarlik qilishmoqda

  • 11 fevral, 2020, 07:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" hujumchisi Dris Mertens yozda erkin agent sifatida A Seriya klubini tark etishi mumkin.

Tecno

Football Italia nashri xabariga kra, futbolchi uchun "Inter", "Roma", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda.

O‘z navbatida neapolliklar Mertens bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishish niyatida. Ammo forvard klubdan yillik 7,5 million evrolik maosh va ikki yillik shartnoma talab qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Mertens joriy mavsumda "Napoli" libosida A Seriyada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta gollik uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!