APL grandlari "Brayton" futbolchisi uchun kurashga kirishishdi

  • 9 avgust, 16:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Brayton" tayanch yarim himoyachisi Karlos Balebani transfer maqsadi sifatida ko‘rmoqda. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim kamerunlik futbolchining to‘pni olib qo‘yish va jismoniy kuchini e’tirof etmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga "Chelsi" va "Liverpul" klublari ham qiziqish bildirmoqda. "Ko‘klar" Balebani yarim himoyachi Moyses Kaysedoga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Mersisaydliklar esa, uni Vataru Endoning o‘rnini egallashini xohlashmoqda. Ta’kidlanishicha, "Arsenal" va "Manchester Siti" futbolchining taktik mahoratidan hayratda.

"Brayton" Balebani kamida 60-70 million evroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 40 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!