APL grandlari "Bavariya" yulduzi uchun 100 million evro berishga tayyor

  • 12 dekabr, 19:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Maykl Olise faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Kicker" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, APLning bir qator klublari Olise uchun 100 million evrodan ko‘proq summa taklif qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, PSJ hamda Ispaniyaning yana bir klubi frantsuz futbolchisini jamoada ko‘rishni istayapti. 24 yoshli futbolchi nemis klubi safiga o‘tgan yilning yozida, "Kristal Pelas" jamoasidan kelib qo‘shilgandi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Olisening bozor qiymati 130 million evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, frantsiyalik vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda umumiy 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!