APL grandi "Barselona" etakchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Barselona"ning qanot hujumchisi Rafinya Dias faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kelasi yozda Angliya chempioni 28 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 100 million evro taklif qilmoqchi. Rafinya Muhammad Saloh o‘rniga ajoyib variant sifatida ko‘rilmoqda.
Rafinya joriy mavsum barcha turnirlarda 7 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Rafinyaning "Barselona" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 90 million evroni tashkil etadi.



Fikrlar