
APL. "Chelsi" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
APL 28-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Everton" bahsi yakunlandi. Mazkur bellashuvda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
"Aristokratlar" tarkibida Felish hamda Xaverts gol urgan bo‘lsa, "irischilardan" Dukure hamda Simms o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
38 ochkosi bor Grem Potter shogirdlari APL turnir jadvalida 10-o‘rinni band etib turibdi. 26 ochkoga ega Mersisayd klubi 15-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar