APL. 23-turda olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqola!

  • 12 fevral, 2021, 23:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 23-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Tur davomida bir necha qiziqarli bellashuvlar o‘tkazildi. 3:3 hisobi bilan yakunlangan "Manchester Yunayted" - "Everton" bahsi ikkinchi darajaga tushib qoldi. APL bu mavsum chempionlik masalasiga ancha oydinlik kiritgan "Liverpul" - "Manchester Siti" to‘qnashuvi manchesterliklarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shuningdek, "Aston Villa" - "Arsenal", "Vulverxempton" - "Lester Siti" bahslari ham muxlislar qiziqishiga sabab bo‘ldi. Quyida APL 23-turida olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqolani e’tibringizga havola qilamiz.

Tecno

ast1_1

Emiliano Martinesning sa’y-harakatlari tufayli birmingemliklar darvozasi daxlsiz qoldi.

ast2_1

Jaka Grilishni o‘tkazib yubormaslikka harakat qilmoqda. Biroq...

ast3

Martin Edegorning "Arsenal" safidagi 3-o‘yini omadsizlik bilan yakunlandi.

bri1_1

"Black lives matter" shiori ostidagi o‘yinoldi "marosim"lari davom etmoqda.

bri2_1

Ikkinchi qavatdagi to‘p uchun kurash avjida.

bri3

To‘p olib qo‘yish uchun harakat qilayotgan Barns.

new1_1

Takumi Minamino o‘z debyutini gol bilan nishonladi.

new2_1

Uord-Prouz doimgidek jarima zarbalarini qoyilmaqom ijro etmoqda.

west1

Maykl Antonioning yuz emotsiyasiga e’tibor qarating!

west2

Xafsalasi pir bo‘lgan Devid Moyes.

west3

"Fulxem" - "Vest Xem" bellashuvida hisob ochilmadi. Fabinskining bunda roli katta!

mu1_1

MYu - "Everton" bahsi "qizil iblislar" afsonalari xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.

mu3_1

Har ikki jamoa sardorlari maydon markaziga gulchambar qo‘ymoqda. Bu o‘yinga aloqador oxirgi sokin holat edi.

mu6

Kavanining bosh bilan yo‘llagan orqali gollar shousini boshlab berdi.

mu2_1

Bellashuv o‘ta keskin kurashlar ostida o‘tdi.

 mu4_1

Brunu Fernandeshning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasini Olsen qaytara olmadi.

mu5

Jarohatdan tuzalib safga qaytgan Xames Rodriges ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

tot3_1

Xarri Keyn maydonga qaytishini gol bilan nishonladi. Usiz jamoasi ancha qiyin kunlarni boshdan o‘tkazdi.

tot2_1

Darvozabonning harakatiga baho bering!

Bu suratga izoh o‘zingizdan...

lei4

"Vulvs" - "Lester" bellashuvi o‘ta keskin ruhda o‘tdi.

lei3

Pedro Netuning parvozi. Lekin bu hammasi emas...

lei2

Afsuslanayotgan Vardi hamda Meddison. O‘sha kuni ular raqib postiga yo‘l topa olmadi.

lei1

Xuddi shu holatni Xarvi Barnsda ham ko‘rish mumkin.

liv1

Turning markaziy uchrashuvi va qizillar qurshovida qolgan Foden.

liv2

O‘yinning anti-qahramoni Alisson Bekker. "Endi pushaymondan zarra foyda yo‘q!"

liv3

Penaltidan foydalana olmagan paytda Gyundogan ham omadsiz rolida edi.

liv4

Bir surat, ikki hil kayfiyat. Futbolda kimdir g‘alaba qozonadi!

liv5

Sterlingning zarbasini ko‘rish uchun yig‘ilgan "tomoshabinlar".

liv6

"Siti" himoyachilari Salahni yaxshi qo‘riqlay oldi. Qancha harakat qilmasin, Muhammad jamoasini oldinga boshlay olmadi.

shu1

To‘g‘ri, Kante bo‘ydor futbolchi emas. Biroq Landstryomning oyog‘i ancha baland ko‘tarilgan.

shu2

Bechora Verner. Uni goldan mahrum qilishdi.

shu3

Yana penalti tepishni boshlagan Jorjino Tuxeldan maqtovlarni qabul qilib olmoqda.

cry1_1

Parvoz bu safar "Lids" futbolchisi Alioskidan.

cry2_1

Mateta ham uchishni biladi!

cry3_1

Futboldagi balet!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!