Anzur Ismoilovga "Sepaxon", shuningdek, Xitoy hamda Tailand klublari ham jiddiy qiziqishmoqda

  • 19 dekabr, 2019, 17:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni «Lokomotiv» jamoasida yakunlagan tajribali himoyachi Anzur Ismoilovning temiryo‘lchilar bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etgani bois uning yangi mavsumni boshqa klubda o‘tkazishi borasida turli gap-so‘zlar tarqalgani ham bejiz emas.

Tecno

Aslida chempionat yakunlanmasidan oldinoq unga «Paxtakor» tomonidan jiddiy qiziqish bo‘layotgani va katta ehtimol bilan Ismoilovning yangi mavsumni «Sherlar» safida o‘tkazishi aytilayotgandi. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, Anzurga birgina «Paxtakor»dan jiddiy taklif kelib tushmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, unga Eronning etakchi klublaridan biri sanalgan «Sepaxon» ham da’vogarlik qilmoqda. Eronliklar futbolchimizga tayyor shartnomani taklif qilmoqdalar. Shuningdek, futbolchimizga Xitoy hamda Tailandning etakchi klublari ham qiziqish bildirishayotganini aytish joiz.

Bunday ma’lumotlar asosli va buni Anzur Ismoilovning o‘zi ham tasdiqlab o‘tdi. Biroq tajribali himoyachi hali bir qarorga kelgani yo‘q. Ammo o‘zining aytishiga qaraganda, faoliyatini xorijda o‘tkazishdan ko‘ra ko‘proq o‘zimizning chempionatda to‘p surishni ma’qul ko‘rmoqda. Demak, u bilan bog‘liq voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Tez orada sports.uz saytida Ismoilov bilan o‘tkazilgan muloqot shaklidagi maqolani o‘qishingiz mumkin va unda futbolchi barcha masalaga batafsil to‘xtalib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
LEGIONER
19/12/2019 17:58
Bizni futbolchilar tayyor imkoniyatni qoldan chiqaradida keyin xorijni orzu qilib yurishadi