
Anvar Turopov WBC Asia kamari uchun jang qiladi
Hamyurtimiz, Anvar Turopov 30 iyun kuni Tailandning Pattaya shahrida WBC Asia kamari uchun ringa ko‘tariladi. Unga tajribali Fillipin vakili Roberto Gonsales to‘qnash keladi. Mazkur jang 10 raunddan iborat. Yurtdoshimiz shu kunga qadar professional boksda to‘rt bora jang o‘tkazib, ularning uchtasida g‘alaba qozongan va bir bora mag‘lubiyatga uchragan edi. Uning raqibi fillipinlik bokschi esa, anchagina tajribali sanaladi. U profi ringda 33 bora jang o‘tkazib, ularning 28 tasida g‘alaba qozona olgan va 5 marotaba raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Axamiyatlisi ushbu bokschi ustidan g‘alaba qozonganlar orasida yana bir hamyurtimiz Ravshanbek Umrzaqov ham bor.
Fikrlar