Antonio Konte: "Yuventus"dan hech kim menga qo‘ng‘iroq qilmadi

  • 23 iyul, 2019, 21:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte ishsiz yurganida sobiq jamoasi "Yuventus" unga taklif bilan chiqmaganini aytdi.

Tecno

“Men “Yuventus”ga qaytishga yaqin emasdim. Menga klubdan hech kim qo‘ng‘iroq qilmadi. “Inter”ning qiziqishlari esa nisbatan kuchliroq edi. Men ayni damda yangi jamoam oldida juda katta javobgarlikni his qilyapman. “Inter” bilan katta musobaqalarda g‘olib chiqmoqchiman.

“Yuventus” Sarrini tanladimi, demak ularda bunday qarorga kelishga qandaydir sabab mavjud”, - deydi Konte.

Eslatib o‘tamiz, Antonio Konte “Yuventus”ni 2011-2014 yillarda boshqargan. Ushbu davr ichida turinliklar 3 karra Italiya chempionligini qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!