Antonining rejasi ma’lum

  • 4 mart, 21:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antoni "Betis"da yana bir yil qolishni istaydi. 

25 yoshli braziliyalik vinger Ispaniya klubiga "Manchester Yunayted"dan yarim yillik ijara asosida kelib qo‘shilgan. Uning shartnomasida sotib olish bandi yo‘q. 

Braziliyalik "Betis" safida jami 7 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta assist muallifiga aylangan. 

"Shu kunlarda Antoni menga yana bir yil qolishni istayotganini aytdi. U bu erda baxtli va biz unga berayotgan shartlardan hayratda", - dedi "Betis" sport direktori Ramon Alarkon. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!