Antoni rasman "Betis" futbolchisiga aylandi
"Manchester Yunayted" 25 yoshli vinger Antoni bilan xayrlashganini e’lon qildi. Ispaniya La Ligasining "Betis" klubi esa braziliyalik hujumchining transferini e’lon qildi.
Ayrim nashrlarning xabarlariga ko‘ra, "Betis" transfer uchun 22 million evro to‘laydi, yana 3 mln evro bonus sifatida qo‘shilishi mumkin. Shuningdek, manchesterliklar braziliyalik futbolchining keyingi transferidan 50% ulush olishadi.
Eslatib o‘tamiz, Antoni o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Betis" safida ijara asosida o‘tkazib, muvaffaqiyatli harakat qilgan edi.
Fikrlar