Antoni La Ligaga qaytish arafasida

  • 27 avgust, 15:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning "Betis" klubi "Manchester Yunayted" vingeri Antoni transferini yakunlashga yaqin turibdi, deb yozdi jurnalist va insayder Nikolo Skira o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida. Futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Sevilya jamoasi braziliyalik vingerni sotib olish shartni bilan 2026 yil yozigacha ijaraga olish arafasida. Qayd etilishicha, muzokaralar yakuniy bosqichda. Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi "Betis"ga qaytishni istamoqda, "yashil-oqlar" esa tez orada bitimni yopishga tayyor.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Antoni "Betis" safida barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!