
Angliyaning eng zo‘r hujumkor futbolchilari (“Top-5”)
Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng zo‘r to‘purar – Alan Shirer ushbu musobaqaning eng zo‘r besh nafar hujumkor futbolchisi nomini aytdi.
Shirer tuzgan reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Rayan Giggz (Uels).
2. Devid Bekxem (Angliya).
3. Eden Azar (Belgiya).
4. Muhammad Saloh (Misr).
5. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya).
Rayan Giggz – “Manchester Yunayted” safida 13 karra Angliya chempioni va ikki marotaba Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan. Ushbu jamoa safida barcha turnirlarda 961 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 167 marotaba ishg‘ol qilgan.
Reytingdan o‘rin olgan charm to‘p ustalaridan faqatgina Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasidagi ishtirokini davom ettirmoqda. Krishtianu Ronaldu Evropani tark etib, Saudiya Arabistonida to‘p tepyapti.
Qolgan o‘yinchilar professional faoliyatini yakunlab bo‘lgan.
Fikrlar