
Angliyadan Rim yaxshi!
“Real” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Serxio Regilon faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ayni paytda “Tottenxem” a’zosi hisoblangan himoyachiga “Latsio” og‘iz solmoqda. Rimliklar bu futbolchidan chap qanotni kuchaytirishda foydalanmoqchi.
“Latsio” Antonio Kontega kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchini olish uchun transferlarga juda katta mablag‘ sarflayotgan Angliya premer-ligasi debyutanti – “Nottingem Forest” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
“Tottenxem” 25 yoshli o‘yinchini ijaraga qo‘yib yuborishga rozi. Buning uchun Regilonni oladigan klub uning maoshini to‘liq to‘lashni o‘z zimmasiga olishi talab qilinadi.
Fikrlar