Angliyada olti karra chempion bo‘lgan yulduzni ikki grand olmoqchi
Italiyaning qudratli klublaridan “Yuventus” va “Milan” so‘nggi haftalarda Bernardu Silvaning “Manchester Siti”dagi holatini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.
31 yoshli rortugaliyalik yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, ayni paytda “shaharliklar” portugaliyalik futbolchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti. Biroq, Silvaning Italiya grandlariga potentsial o‘tishiga uning yiliga 10,1 million evro bo‘lgan yuqori maoshi to‘sqinlik qilmoqda.
Yarim himoyachi 2017 yilning yozidan buyon “Manchester Siti”da o‘ynab keladi. Bu davr mobaynida u olti marta Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqqan.
Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 32 million evroni tashkil etadi.



Fikrlar