
Angliya terma jamoasi bunday ishga uchinchi marta qo‘l urdi
Xabar berganimizdek, Tomas Tuxel Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘lishi rasman e’lon qilindi. Nemis mutaxassisi ushbu lavozimda 2025 yilning yanvaridan ish boshlaydi boshidan.
ESPN jurnalistlari Tuxel Angliya terma jamoasi tarixida ingliz bo‘lmagan uchinchi murabbiyga aylanganiga e’tibor qaratdi. Bungacha "uch sherlar"ni faqatgina ikkita xorijlik murabbiy - Sven-Yoran Eriksson (Shvetsiya) va Fabio Kapello (Italiya) boshqargan.
Noyabr oyidagi FIFA kunlarida ham Li Karsli Angliya terma jamoasi bilan ishlaydi. Aynan u Millatlar ligasi joriy mavsumining asosiy qismini jamoa bilan yakunlaydi.
Fikrlar