
Angliya premer-ligasida birinchi iste’fo yaqin!
“Arsenal” klubi rahbariyati bosh murabbiyi Mikel Artetani iste’foga chiqarmoqchi. “Kanonirlar” birinchi turda safar uchrashuvida premer-liga debyutanti “Brentford”dan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragani klub xo‘jayinlarini g‘azablantirdi.
London klubi rahbariyati Mikel Arteta o‘rniga “Inter”ni chempion qilgan Antonio Konteni taklif qilmoqchi. Rejaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis Londonga “Inter”dagi shogirdi Lautaro Martinesni ham olib kelishga ko‘maklashishi kutilmoqda.
“Arsenal” rahbarlari “Inter”ni uzoq yillik tanaffusdan so‘ng, Italiya chempioniga aylantirgan Konte “to‘pchilar”ni Evropa Chempionlar ligasiga qaytarishiga ishonmoqda.
“Arsenal” 2016 yildan beri “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli musobaqasiga chiqa olmayapti.
Fikrlar