
Angliya: Premer-ligaga chiqqan ikki jamoa nomi aniq bo‘ldi
Angliya chempionatida mavsum hal qiluvchi pallaga kirdi. Hali Premer-liga o‘yinlari tugamay turib, mavsum bo‘sh o‘tkazgan ikki jamoa – “Sautgempton” va “Lester Siti” yuqori divizionni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan.
O‘z navbatida, Chempionshipning ikki etakchi klubi ham chempionat yakunlanishiga ikki tur qolganida kelasi mavsum uchun Premer-liga yo‘llanmasini rasman qo‘lga kiritib bo‘ldi.
Musobaqaning 44-turida “Lids” futbolchilarini “Stok Siti” jamoasi darvozasiga javobsiz oltita to‘p kiritib, bir mavsum ichida yana eng kuchli klublar qatoriga qaytdi.
2023 yili quyi ligaga tushib ketgan “Byornli” yuqori divizion yo‘llanmasi uchun kurashdagi to‘g‘ri-to‘g‘ri raqibi “Sheffild Yunayted”ni 2:1 hisobida dog‘da qoldirdi.
Fikrlar