
Angliya liga kubogi. "Nyukasl" "Manchester Siti"ni turnirdan chiqarib yubordi
Angliya liga kubogidan o‘rin olgan "Nyukasl" - "Manchester Siti" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yindagi yagona goli Isak tomonidan kiritildi. 53-daqiqada Joelintonning pasini hujumchi bo‘sh qolgan darvozaga urdi va hisobni ochdi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Nyukasl" 1/8 finalga yo‘l oldi.
Fikrlar