
Angliya klubining 32 yoshli sardori shubhali tarzda o‘lim topdi
Angliyaning "Yovil Taun" klubi rahbariyati jamoa sardori Li Kollinzning 32 yoshida olamdan o‘tganini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Li 31 mart kuni vafot etgan. Ammo, hozircha uning o‘limi sabablari ma’lum qilinmayapti.
"Barchadan ushbu oilaning shaxsiy hayotiga hurmat ko‘rsatishni so‘raymiz. Klub hozircha bu borada hech qanday izoh bermaydi", - deyiladi klub bayonotida.
Kollinz "Vulverxempton" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida "Port Veyle", "Nortxempton Taun", "Mensfild Taun", "Forest Grin Rovers", "Shrusberi Taun" va "Barnsli" kabi jamoalarda to‘p surgan.
Fikrlar