Angliya klubi “Real” yulduzi uchun katta summa tayyorlab qo‘ydi
Londonning “Tottenxem” jamoasi Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Goesni sotib olishga hali ham qiziqish bildirmoqda, deb yozadi Fichajes nashri.
“Shporlar” braziliyalik yulduz uchun Ispaniya klubi talab qilayotgan 80 million evroni to‘lashga tayyor.
Madrid jamoasiga Xabi Alonso bosh murabbiy bo‘lib kelganidan keyin Rodrigoning klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib qoldi. Manbalarga ko‘ra, u mundial oldidan ko‘proq o‘ynash uchun jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.
Joriy mavsumda Rodrigo barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.



Fikrlar