Angliya grandlari bu hujumchini yarim narxiga olishlari mumkin

  • 24 iyun, 2024, 14:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, “Lill” hujumchisi Jonatan Devidga “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” klublari qiziqishmoqda. "Shporlar" uni bir yildan beri kuzatib kelmoqda, "ko‘klar" esa kanadalik futbolchiga Grem Potter davridan beri qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Shartnomasi kelasi yili tugaydigan futbolchi 25-30 million evro evaziga qo‘yib yuborilishi mumkin. Futbolchining “Transfermarkt”dagi narxi esa 50 millionni tashkil etadi.

Devid ushbu mavsum "Liga-1"da 34 ta o‘yinda 19 ta gol va 4 ta assist qayt etdi.

Shuningdek, “Chelsi” “Barselona”ning 18 yoshli hujumchisi Mark Giuni tovon puli 6 million evroga sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!