
Andrey Kanchelskis: Terma jamoada uning o‘rnini bosadigan hech kim yo‘q
SSSR va Rossiya terma jamoalarining sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis TsSKA himoyachisi Mario Fernandesning Rossiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani borasida fikr bildirdi. Bu haqda murabbiy "SE" jurnalisti Georgiy Skoblikovga bergan intervyusida ma’lum qildi.
- Bu katta yo‘qotish. Milliy terma jamoaga u katta hissa qo‘shdi. Shuning uchun bunday o‘yinchini yo‘qotish juda achinarli. Terma jamoada uning o‘rnini bosadigan hech kim yo‘q. Mario ishonchi oqladi. Uning Rossiyadagi o‘yinlari orqali himoyadagi ishonchliligi va hujumlarga qo‘shila olishi bilan yodda qoldi, - dedi Kanchelskis.
Fikrlar