"Andijon"ning yangi bosh murabbiyi ma’lum
Xabaringiz bor, Superliganing 8-tur yakunlanganidan so‘ng bir nechta klublar bosh murabbiylarini iste’foga chiqarganini ma’lum qilgan edi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, "Andijon" klubining yangi ustozi Maksim Shatskix bo‘ladi. Shatskix o‘tgan mavsumda muaffaqiyatsiz o‘yinlar sabab “Paxtakor”da bosh murabbiylik lavozimini tark etgan edi.
Murabbiy Superliga 9-turi doirasidagi "Neftchi"ga qarshi o‘yindan so‘ng yangi postini qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, ketma-ket omadsiz o‘yinlar sabab Aleksandr Xomyakov o‘z lavozimidan ozod etilgan edi.



Fikrlar