
"Andijon"ning "Xorazm"ga qarshi o‘zaro o‘yinlardagi natijasi qanday?
Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan pro liga g‘olibi – “Andijon” 27-turda “Xorazm”ni qabul qiladi.
Bu yil hisobidan jamoalar to‘rtinchi marotaba to‘qnash kelishadi. Oldingi uchta uchrashuvda bir mag‘lubiyat va ikki g‘alaba qayd etilgan.
Shu kungacha mazkur klublar 23 marotaba to‘qnash kelishgan. Jamoamiz 14 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan. “Xorazm” klubi faqat 5 ta o‘yinda g‘olib chiqqan. Qolaversa, yana 4 ta bellashuvda durang kuzatilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha “Andijon” 47 ta gol urgan va 19 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Jamoalarning bu yilgi mavsumdagi o‘zaro o‘yinlari
3-tur. 20.03.2022
“Xorazm” – “Andijon” – 3:0
Gollar: Shaxzod Beshimov, 16 – 1:0. Shaxzod Beshimov, 26 – 2:0. Sarvar Jumaniyozov, 90+3- 3:0.
12-tur. 12.06.2022
“Andijon” – “Xorazm” – 2:1
Gollar: Bogdan Milich, 33 – 1:0. Ildar Mamatkazin, 50 – 2:0. Roki Marchiano, 64 – 2:1.
22-tur. 16.10.2022
“Xorazm” – “Andijon” – 0:1
Gol: Ildar Mamatkazin, 45 – 0:1.
Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan keyin jamoamizga Pro liga Kubogi tantanali ravishda topshiriladi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar