
"Andijon"ning Tojikistondagi yig‘ini yakunlandi
“Andijon” jamoasining Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati, Guliston shahridagi Qayroqqum sum ombori sohilida joylashgan sport kompleksida olib borgan bir haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bugun o‘z nihoyasiga etdi.
U erda futbolchilar ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdilar. Dastlab “Parvoz” jamoasi 5:0 hisobida taslim etilgan bo‘lsa, ikkinchi bahsda “Esxata” bilan 1:1 natijasi kuzatildi.
Bugun tongda futbolchilar bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov boshchiligida mazkur sport kompleksidagi oxirgi mashg‘ulotini o‘tkazishdi. Endi jamoa a’zolari 23 iyun kuni Superliganing 13-turida bo‘ladigan “Buxoro”ga qarshi bahsga tayyorgarlikni o‘z qarorgohida davom ettiradilar.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar