
"Andijon"ga yangi futbolchi qo‘shildi
Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgan “Andijon” jamoasi ham selektsiya ishlarini davom ettiryapti.
Jamoa ustozi Otabek G‘ulomxo‘jaev bir qator o‘yinchilar bilan muzokaralar olib borilayotgani to‘g‘risida ma’lum qilgandi.
Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, kuni kecha “Andijon” tarkibiga yarim himoyachi Muhammadjon Isaev qo‘shilgan. 27 yoshli futbolchi uch mavsumdan beri “Metallurg” sharafini himoya qilib kelayotgandi.
O‘tgan yili ushbu yarim himoyachi 19 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Yaqinda esa “Metallurg” bilan xayrlashgandi. Katta ehtimol bilan u yangi mavsumni “Andijon”da o‘tkazishi kutilmoqda.
Tez orada "Andijon"ga yana bir qator yangi o‘yinchilarning ham qo‘shilishi aytilmoqda.
Fikrlar