"Andijon"dan bir kunni ichida 7-transfer: Iminov ham Babayan jamoasida o‘ynaydi!
Bugunning o‘zida "Andijon" matbuot xizmati limitdan tashqari 7-transferini e’lon qildi.
“Burgutlar” yana bir iqtidorli futbolchini qo‘lga kiritdi. “Xorazm” sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Humoyunmirzo Iminov bilan shartnoma imzolangani e’lon qilindi.
2000 yilning 15 yanvarida Surxondaryo viloyati Uzun tavallud topgan futbolchi “Paxtakor”, “Energetik-BGU” (Belarus),”Buxoro”, “Dinamo” va “Xorazm” safida to‘p surdi.
Faoliyatida hozirgacha jami 130 ta o‘yin, 6 gol va 5 ta assist mavjud.
Iminov “Paxtakor” safida O‘zbekiston chempioni, Kubok sohibi va Superkubokni qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, "Andijon" klubi Iminovdan tashqari Imeda Ashortia, Jamshid Boltaboev, Igor Golban, Rahimjon Davronov, Nemanya Chalasan hamda Ibrohim Yo‘ldoshev transfelarini ham e’lon qildi.



Fikrlar