
Andijonda Prezident tashabbusi keng targ‘ib qilinmoqda
Bugun 24 aprel Andijon shaxridagi 25 maktabgacha talim muassasida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov tashabbusiga asosan yosh bolalarni futbolga jalb kilish va ularda millionlar o‘yiniga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov, faxriy futbolchilar Rahim Qodirov, Rasul Rahmonov, Farruh Mirzaev, viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi direktori Nasibullo Madrahimov, "Andijon" jamoasi futbolchilari Ibrohim Otaxonov va Shaxboz Jumaboevlar ishtirok etishdi. Ular muassasada tarbiyalanayotgan bolalar va ularning ota onalari xamda bog‘cha tarbiyachilari bilan birga davra suhbati o‘tkazishdi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus buyicha bergan topshiriqlari ijrosini amalga oshirish va shu bilan birga kelajakda futbolchi bo‘lishni maqsad qilgan bolajonlarga bu borada to‘g‘ri maslahatlar berib, ularni to‘g‘ri yo‘naltirishdan iborat.











Fikrlar