
"Andijon" yig‘iniga Ispaniyada o‘ynagan futbolchi qo‘shiladi
"Andijon" yig‘iniga chernagoriyalik legionerlar kelib qo‘shiladi. Bu haqda "burgutlar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Chernogoriya mamlakatidan tashrif buyuradigan legioner masalasi ijobiy hal etildi va keyingi hafta boshlarida O‘zbekichtonga uchib kelishlari uchun klub tomonidan samolyotga chipta xarid qilindi. «Surxon»ning sobiq o‘yinchisi Vladimir Bubanya bilan qo‘shib hisoblaganda uch nafar xorijlik bilan deyarli kelishuvga erishildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlaridan keyin to‘laqonli shartnoma imzolanadi. Bandlari kelishib bo‘lingan.
Demak,chernogoriyalik futbolchilarning qisqacha xarakteristikasi quyidagicha. Ikkalasi Dmitrovgradning «Iskra» klubi sharafini himoya qilishgan. Bogdan Milich- 1987 yilda tavallud topgan va ampluasi hujumchi. Sherigi Goran Miloyka esa 1994 yilda tug‘ilgan va markaziy yarim himoyachi sanaladi. Yig‘inlar davomida yangi jamoadoshlari bilan tezroq til topishib,«Andijon»ga katta foyda keltirishlaridan umidvormiz", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, "Andijon" jamoasi yangi mavsumda Pro-Ligada harakat qiladi. Bogdan Milich 2015/16 yilgi mavsumda "Osasuna" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar