"Andijon" va Portugaliyaning "Benfika" klubi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolanish arafasida

  • 11 oktabr, 2020, 20:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, “Andijon” futbol klubi Portugaliya poytaxti, Lissabon shahrining “Benfika” futbol klubi bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.

Tecno

Shartnomaga ko‘ra, “Benfika” futbol klubining infratuzilmasi, akademiyasining ish uslubi, ishlash tartibi o‘rganib kelinadi. Murabbiylar shtabi va yosh futbolchilarimiz “Benfika” akademiyasida bo‘lib, malaka oshirib qaytishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, portugaliyalik murabbiylar yurtimizga tashrif buyurib, andijonlik yosh futbolchilarga mahorat darslari o‘tishi rejalashtirilgan.

Shartnoma masalalari yakunlanish bosqichiga etib kelgan. Yurtimizda joriy qilingan karantin tartib-qoidalari sabab, Portugaliyaga borish imkoni bo‘lmaydi. Karantin cheklovlari yumshatilganidan keyin jamoamiz rahbariyati Portugaliya poytaxti borib, shartnoma imzolab qaytishlari mumkin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!