"Andijon" Turkiyada Ruminiya chempionati karvonboshisi bilan o‘ynaydi

  • 22 dekabr, 2023, 16:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon”ning Turkiyada o‘tkazadigan bo‘lajak o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida o‘tkaziladigan nazorat uchrashuvlaridagi raqiblari haqida ma’lumotlar berib borayotganimizni yaxshi bilasiz.

Tecno

Shuni ma’lum qilamizki, "Andijon" jamoasining Antaliyadagi yana bir raqibi aniqlandi. “Viitoriul Selimbar” (“CSC 1599 Selimbar”) "Burgutlar"ning navbatdagi raqibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, 2016 yili tashkil topgan mazkur jamoa Ruminiyada Liga 2 chempionatida ishtirok etadi va ayni paytda 20 ta jamoa orasida musobaqa jadvalida 15 ta o‘yinda 32 ochko to‘plab yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Ularning asosiy maqsadi Liga 1 ga yo‘llanma olish (bu xuddi pro ligadan Superligaga yo‘l olish kabi).

selimbar

Hozirda Ruminiya chempionatida qishki ta’til e’lon qilingan. “Viitoriul Selimbar”ga ruminiyalik 47 yoshli mutaxassis Klaudiu Nikulesku bosh murabbiylik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi (27 yanvar), TsSKA (1 fevral), “Chernomorets” (4 fevral) va “Aleksandriya” (12 fevral)ga qarshi o‘yinlar o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berib o‘tgandik. “Viitoriul Selimbar” – “Andijon” o‘rtasidagi bellashuv esa 4 fevral sanasiga beliglangan. Aynan shu kuni jamoamiz Antaliyada ikkita nazorat o‘yinini o‘tkazadi.

Shunday qilib, Turkiya yig‘inidagi 5-raqib ham ma’lum bo‘ldi. Biz yana ma’lumotlar taqdim etishda davom etamiz. 

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
22/12/2023 20:01
Жуда яхши рак,иблар Андижон танловида