
"Andijon" Tojikiston grandini yirik hisobda engdi
Superligaga qaytishni maqsad qilgan “Andijon” Pro-liganing ikkinchi davrasiga puxta hozirlik ko‘rmoqda.
Viktor Kumikov shogirdlari bugun navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Tojikistonning “Istiqlol” klubiga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu kuni “burgutlar” safida gollarni Bogdan Milich, Goran Miloyko va Malikshox Rusulov kiritdi.
Nazorat uchrashuvi
"Andijon" - "Istiqlol Dushanbe" 3:0
Gollar: Bogdan Milich, Goran Miloyko, Malikshox Rusulov
Fikrlar