
"Andijon" legionerlari terma jamoalariga jalb etildi
“Andijon” tarkibidagi ikki nafar legioner o‘zining terma jamoalariga taklif qilindi. Jumladan, hujumchi Shaxrom Samiev va darvozabon Maksim Sarrafga Tojikiston hamda Suriya terma jamoalaridan chaqiruv kelganligi sababli ular yig‘inga jo‘nab ketishdi.
Samiev Tojikiston milliy terma jamoasining Doxadagi yig‘iniga qo‘shilgan. Tojikiston terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida 22 mart kuni safarda Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni termasiga qarshi maydonga tushadi. Javob o‘yini esa 26 mart sanasida Dushanbeda bo‘lib o‘tadi.
Maksim Sarraf esa Suriya U20 terma jamoasi yig‘iniga yo‘l oldi. U erda legionerimiz Iordaniyaga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.
Fikrlar