"Andijon" legionerlari o‘z terma jamoalariga chaqirildi
Kelasi oyda FIFA kunlari doirasida milliy terma jamoalar xalqaro maydonlardagi o‘yinlarini o‘tkazadilar va milliy chempionatimizda biroz tanaffus yuzaga keladi. Shu munosabat bilan “Andijon” jamoasi sharafini himoya qilayotgan legionerlar – Shaxrom Samiev hamda Maksim Sarrafga o‘z termalariga taklif etildilar.
Jumladan, Tojikiston terma jamoasi hujumchisi Samiev 3-12 iyun kunlari o‘z termasi ixtiyorida bo‘ladi. Bu vaqt davomida ular JCh-2026 saralashi doirasida “G” guruhidagi ishtirokini davom ettiradilar. 6 iyun kuni Ammanda Iordaniya bilan, 11 iyun sanasida esa Dushanbeda Pokiston termasi bilan muhim uchrashuvlarini o‘tkazadilar.
Darvozabon Maksim Sarraf esa Suriya U20 terma jamoasiga chaqirildi. 19 iyun - 6 iyul kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada qatnashishadi.
"Andijon" matbuot xizmati.



Fikrlar