"Andijon" - "Metallurg" o‘yinini kimlar sharhlaydi?

  • 17 may, 2024, 10:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

18 may oqshomida Andijonda yana chinakam futbol shousi bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. “Bobur arena”da bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa yurtlarda ham qiziqish katta, ishonavering!

Tecno

Mazkur to‘qnashuv albatta “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga namoyish etiladi. Bu safar ham "Andijon" ishtirokidagi bellashuvda duetdosh sharhlovchilar ishlashadi.

Gap shundaki, “Andijon” – “Metallurg” o‘rtasidagi o‘yinni “Bobur arena”dan Xayrulla Hamidov va Abror Jo‘raqulov birgalikda sharhlab boradilar.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!